Yangi orzularga chorlagan “So‘nggi qo‘ng‘iroq”
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy o‘quv yilida 27 ming 609 nafar o‘g‘il-qiz maktabni tamomladi. Ular uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq sadosi nafaqat xayrlashuv, balki kelajakka chaqiriq sifatida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filialida bo‘lib o‘tgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari, pedagog-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar joriy 2025/2026 o‘quv yili yakuni bilan barchani tabriklab, bitiruvchilarga yangi hayot yo‘lida oq yo‘l tiladi.
[gallery-29629]
Iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari ishtirokidagi konsert dasturi va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA