Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari
Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga tizimli va bosqichma-bosqich implementatsiya qilishning oʻziga xos modeli shakllangan.
Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga tizimli va bosqichma-bosqich implementatsiya qilishning oʻziga xos modeli shakllangan.
Hozirgi paytda Oʻzbekiston inson huquqlari sohasida 70 dan ortiq xalqaro hujjatga, shu jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan. Ularning bajarilishi yuzasidan milliy maʼruzalar BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi hamda shartnomaviy qoʻmitalariga doimiy ravishda taqdim etib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati toʻgʻrisida axborot tayyorlash belgilangan.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari” mavzusida mazkur axborot tayyorlandi. Axborotda inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qamrab olingan.
Jumladan, axborotda 2018-2019-yillarda insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini implementatsiya qilish, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarni rivojlantirish hamda inson huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi inson huquqlari boʻyicha tashabbuslari, inson huquqlariga doir xalqaro shartnomalar qoidalari bajarilishi borasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari yoritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar majmui, fuqarolarning huquq va erkinlarini himoya qilishni taʼminlash uchun yaratilgan qonunchilik va institutsial asoslari, inson huquqlariga rioya qilinishini monitoring qilish tizimi shakllanganligi, xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar raqam va faktlar asosida sarhisob qilingan.
Shuningdek, axborotda inson va fuqarolarning ishonchli himoyasini taʼminlashga salbiy taʼsir etuvchi inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar talablarini milliy qonunchilikka joriy qilish sohasidagi tizimli muammolar koʻrsatib oʻtilib, kelgusida ularni hal qilish yoʻllari taklif qilinadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini qabul qilish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar tavsiyalari asosida inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonunchilik tizimini takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi taʼlimni rivojlantirish va boshqa takliflar oʻrin olgan.
Inson huquqlari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi.