Yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik
Yangi o‘quv yili arafasida Andijon viloyatida 69 umumta’lim maktabi va o‘ttizdan ziyod savdo majmuasida maktab yarmarkasi tashkil etildi. Olis qishloqlar aholisi uchun ko‘chma avtodo‘konlar xizmat ko‘rsatmoqda.

Andijon shahrining Istiqlol ko‘chasi, Cho‘lpon shohko‘chasi, Bo‘ston, Qo‘shariq dahalari va o‘ndan ziyod umumta’lim maktabida tashkil etilgan yarmarkalarda yigirmadan ortiq savdo tashkilotlari tomonidan sifatli o‘quv qurollari va jihozlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan.
– Farzandlarimga zarur o‘quv qurollari va kiyim-kechakni mahallamizda tashkil etilgan yarmarkadan xarid qildim, – deydi Andijon shahridan Gavharoy G‘ulomjonova. – Ham vaqtimni, ham mablag‘imni tejadim. Faqat tinch va osoyishta yurtda mana shunday imkoniyatlar bo‘ladi. Bunday qulayliklar uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.