YaNGI KITOB: “Mish-mishlar shahri”
“Sharq” nashriyoti amerikalik taniqli yozuvchi Jadson Filipsning “Mish-mishlar shahri” romanini o‘zbek tilida chop etdi.
“Sharq” nashriyoti amerikalik taniqli yozuvchi Jadson Filipsning “Mish-mishlar shahri” romanini o‘zbek tilida chop etdi.
Detektiv romanni ruschadan Muhammadrasul Kimsanboev o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Saksonga yaqin romanlar muallifi, amerikaliklarning sevimli yozuvchisi Jadson Filips o‘z davrida Amerika detektiv yozuvchilar assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. U detektiv janrda erkin, salmoqli va samarali ijod qilgan. Adib amerikalik yozuvchilar uchun sharaf bo‘lgan “Nero Wolfe” mukofoti sovrindori hamdir.
ʼʼMish-mishlar shahriʼʼ romanini o‘qish jarayonida yozuvchi va tarjimon mahoratiga baho berasiz. Adibning yozganlari hayotiyligiga ishonasiz.