Yangi bosqiçga olib çiqiş vazifalari belgilandi
Jamoat xavfsizligi — osoyişta hayot, barqaror taraqqiyot va aholi farovonligining muhim kafolatidir. Ayniqsa, iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy jozibadorligi va turistik imkoniyatlari tobora yuksalayotgan Buxoro viloyatida xavfsiz muhitni taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda içki işlar organlari faoliyatini zamon talablari asosida takomillaştiriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-noyabr kuni Buxoro viloyatiga taşrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ham bu borada yangi bosqiçni boşlab berdi. Davlatimiz rahbari ilgari surgan taşabbuslar ijrosini taʼminlaş, hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlaş va içki işlar organlari faoliyati samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, general-leytenant Aziz Toşpölatov viloyatda böldi.
Xizmat safari davomida vazir dastlab Buxoro şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasida “Xavfsiz va soğlom yurt” oyligi doirasida taşkil etilgan tezkor ştab faoliyati bilan tanişdi. Masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, şahar hududida kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va mahallalar kesimida profilaktika işlari samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin uning oqibatlarini bartaraf etişdan köra, jinoyatga olib kelişi mumkin bölgan omillarni oldindan aniqlaş va bartaraf etiş ança samaralidir. Buning uçun har bir mahalladagi vaziyatni çuqur tahlil qiliş, profilaktik tadbirlarni aniq manzilga yönaltiriş va kunlik xizmat faoliyati natijalarini muntazam baholab boriş zarur. Şu munosabat bilan masʼullarga rahbarlarning şaxsiy javobgarligini kuçaytiriş, xizmat intizomi va ijro nazoratini qatʼiy taʼminlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Viloyat IIB Patrul-post xizmati batalonida esa xodimlarning jismoniy tayyorgarligi, xizmat vazifalarini samarali bajarişi uçun yaratilgan şart-şaroitlar va mavjud infratuzilma közdan keçirildi. Batalonning moddiy-texnik imkoniyatlarini yanada yaxşilaş, saf maydonini kengaytiriş hamda hududni zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qiliş yuzasidan tegişli körsatmalar berildi.
Kogon tumani içki işlar bölimida ham xodimlarning xizmat şaroitlari va moddiy-texnik taʼminoti örganildi. Xizmat jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş, raqamlaştiriş imkoniyatlaridan unumli foydalaniş, huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi işlarni yanada kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.

Xizmat safari doirasida içki işlar vaziri rahbarligida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlaşni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda Prezident taşrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosiga bağişlangan tezkor yiğiliş ham ötkazildi.
Unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yirik taşabbuslar, xususan, umumiy qiymati 30 milliard AQŞ dollariga teng investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, asosiy köçalarni rekonstruksiya qiliş, yangi avtomobil va temir yöl tarmoqlarini barpo etiş, turistik infratuzilmani rivojlantiriş jarayonlarida jamoat xavfsizligini taʼminlaş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Zero, bunday keng kölamli bunyodkorlik va investitsiya jarayonlari nafaqat iqtisodiy ösiş, balki hududda transport harakati, aholi va mehmonlar xavfsizligi, jamoat tartibini taʼminlaş borasida ham yangi talablarni yuzaga keltiradi. Şu bois içki işlar organlari faoliyatini amalga oşirilayotgan islohotlar bilan hamohang ravişda taşkil etiş, xavfsizlik çoralarini oldindan rejalaştiriş muhim vazifa hisoblanadi.
Yiğilişda kelgusi yili Buxoro şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan nufuzli xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xalqaro anjumanlar va yirik tadbirlar davomida xorijiy mehmonlar, delegatsiyalar hamda iştirokçilar xavfsizligini taʼminlaş, transport oqimini töğri yönaltiriş va jamoat tartibini saqlaş böyiça aniq vazifalar belgilab olindi.
Ayniqsa, jamoat xavfsizligini taʼminlaşda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalaniş ustuvor yönaliş sifatida belgilandi. Avtomobil yöllarini raqamli monitoring tizimi bilan qamrab oliş, turistik markazlarda xavfsizlik mexanizmlarini takomillaştiriş va mavjud imkoniyatlarni yagona tizim asosida muvofiqlaştiriş böyiça aniq takliflar işlab çiqiş topşirildi.
Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, transport oqimini samarali boşqariş va maxsus tadbirlar davomida harakat uzluksizligini saqlaş maqsadida maxsus «yaşil yölaklar» taşkil etiş vazifasi ham kun tartibidan örin oldi. Mazkur yönalişda Içki işlar vazirining birinçi örinbosari hamda Yöl harakati xavfsizligi xizmatining boşliği şaxsan masʼul etib belgilandi.

Yiğiliş yakunida davlatimiz rahbari tomonidan Buxoro viloyatida zamonaviy infratuzilma va yangi qiyofadagi içki işlar organlarini şakllantiriş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş hamda xizmat samaradorligini oşiriş böyiça belgilab berilgan vazifalarning öz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlaş har bir rahbar va xodimning ustuvor masʼuliyati ekani alohida taʼkidlandi. Masʼullarga belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muntazam hisobot beriş tizimini yölga qöyiş topşirildi.
Darhaqiqat, zamonaviy va xavfsiz hududni barpo etiş faqat infratuzilmani yangilaş yoki huquq-tartibot idoralarining texnik imkoniyatlarini kengaytiriş bilan çeklanmaydi. Bu, eng avvalo, inson manfaatlarini taʼminlaş, har bir fuqaroda ertangi kunga işonç uyğotiş, mahalla va köçalarda osoyiştalikni qaror toptiriş demakdir.
Buxoroda belgilanayotgan vazifalarning mazmun-mohiyati ham aynan şu maqsadga qaratilgan: iqtisodiy va turistik taraqqiyot bilan bir qatorda xavfsizlikni taʼminlaşning zamonaviy, raqamli va profilaktikaga asoslangan tizimini şakllantiriş. Zero, osoyişta muhit bor joyda investitsiya ham, turizm ham, taraqqiyot ham barqaror böladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri