Yamal: “Jahon chempionligini qo‘lga kiritish — mening eng katta orzuim”
Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lish orzumni amalga oshirmoqchiman.
Lamin Yamal JCH–2026 1/16 finalida Avstriya milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Meni qo‘llab-quvvatlayotgan barchadan juda minnatdorman. Bu menga katta kuch bag‘ishlaydi. Jahon chempionligini qo‘lga kiritish futboldagi eng ulkan yutuq. Bundan buyukroq sovrin yo‘q. Har bir bola aynan shuni orzu qiladi. Men ham keyingi bosqichga chiqib, Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lish orzumni amalga oshirmoqchiman”, — dedi Yamal.
Ispaniya milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.