Yalpi hududiy mahsulot: Toşkent şahri yetakçi, Farğonada eng yuqori ösiş
Iqtisodiyotning rivojlaniş darajasini baholaşda yalpi içki mahsulot (YAIM) muhim körsatkiçlardan biri hisoblanadi. Qaysi davlatda uning hajmi ortsa, uşa davlatda işlab çiqariş, xizmat körsatiş, investitsiya va tadbirkorlik faoliyati kengayib boradi.
Özbekistonda yalpi içki mahsulot (YAIM) hajmi 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida joriy narxlarda 1 755,5 trillion sömni taşkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi Toşkent şahri hissasiga töğri keldi. Poytaxtda töqqiz oy davomida 372,1 trillion sömlik mahsulot yaratilgan bölib, real ösiş surʼati 13,1 foizni taşkil etdi.
Keyingi örinlarda 180 trillion sömlik körsatkiç bilan Toşkent viloyati va 166,7 trillion söm bilan Navoiy viloyati qayd etildi. Uşbu hududlarda real ösiş mos ravişda 9,6 va 8,1 foizga teng böldi.
Samarqand viloyatida YAHM hajmi 118,9 trillion sömni taşkil etib, 9,4 foizga ösdi. Farğona viloyatida 104,4 trillion sömlik mahsulot yaratilib, ösiş 10,5 foiz böldi.
Şuningdek, Andijon viloyatida YAHM 93,4 trillion söm (9,3 foiz), Qaşqadaryo viloyatida 92,5 trillion söm (8,6 foiz), Buxoro viloyatida 77,6 trillion söm (9,5 foiz) va Namangan viloyatida 77,2 trillion sömni (9,8 foiz) taşkil etdi.
Boşqa hududlarda ham iqtisodiy ösiş qayd etildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatida YAHM 65 trillion sömga yetib, 8,7 foizga, Xorazm viloyatida 57,6 trillion sömga yetib, 9,6 foizga ösdi. Jizzax viloyatida 52 trillion söm (9,5 foiz), Qoraqalpoğiston Respublikasida 50,8 trillion söm (8,9 foiz) hamda Sirdaryo viloyatida 32,8 trillion sömlik (8,9 foiz) yalpi hududiy mahsulot işlab çiqarildi.
Umuman olganda, taqdim etilgan maʼlumotlarda Toşkent şahri YAHM hajmi böyiça ham, real ösiş surʼati böyiça ham yetakçilik qilmoqda. Hududlar orasida eng yuqori ösiş Farğona viloyatida qayd etilgan.
Hamroz Bayonov,
ÖzA