Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya beriş tartibi soddalaştirilgaç, ikki yilda ularning soni uç baravar köpaygan
Uşbu agentliklar orqali xorijda işga joylaşganlar esa beş karra ortdi. Prezidentimiz sohada xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldaş holatlari ham bölganini aytdi. Muammolarni bartaraf etiş uçun alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asos yaratildi.
Kelasi yildan fuqarolarni çet elga işga yuboriş vazifasi xususiy sektordagi eng işonçli bandlik agentliklariga töliq ötkaziladi. Yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir kişi uçun agentlikka 1,5 million sömdan rağbat puli tölanadi.
Yoşlarni kasb va tilga tayyorlaş uçun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Çet eldan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, öquv jarayoni uçun zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Şu bilan birga, xususiy bandlik agentliklari töliq şaffof tizimda işlaydi, ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq işga joylaşişi, huquqlari taʼminlanişi, yuqori daromad olişi va kafolatli ijtimoiy taʼminotga ega bölişi asosiy mezon böladi.
Prezidentimiz bir oyda agentliklar faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qaror loyihasini kiritiş, uşbu faoliyatni ijtimoiy xizmat sifatida körib, soliqqa tortişni şunga mos ravişda soddalaştirişga topşiriq berdi.
ÖzA