Xurshid Davron ijodida tarjimachilik an’analari
Firuza Normurotovna BOʻRIYEVA Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti Samarqand, O‘zbekiston feruzaburiyeva79@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada hozirgi o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, serqirra iste’dod sohibi Xurshid Davronning tarjimonlik faoliyati xususida so‘z yuritilib, shoirning uzoq yillar mobaynida ona tilimizga o‘girgan asarlari uning uchun adabiy ta’sir, ilhom manbai bo‘lib kelganligi, individual uslubining shakllanishida, poetik tasvirlar, lirik ifodalarda, she’riy janr-shaklda novatorlikka erishuvida muhim o‘rin tutganligi dalillangan. Shuningdek, tadqiqotda erkin va asliyatdan tarjima etish an’analari, she’riy tarjimachilikning nazariy asoslari haqida ham fikr yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: adabiy ta’sir, an’anaviylik, tarjimachilik, obraz, mavzu, detal, peyzaj, individual uslub, xoyku, tanka, mahorat.