Xorazmdagi qarzdor ota Toshkent shahridagi avto servis korxonasidan topildi
Aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab qidiruvdayurgan shaxslarning aniqlash borasida tizimli ishlar olib borilib, ularning ish hujjatlari sudlarga o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Majburiy ijro byurosining Shovot tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan qarzdor Q.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 27.06.2023-yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi N.D. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pulini to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, u belgilangan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.
Natijada, 01.08.2026-yil holatiga alimentdan 68,6 mln. so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan va qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari jarayonida qarzdor Q.B. Toshkent shahrida joylashgan avto servis korxonasida norasmiy ravishda ishlab kelayotganligi aniqlangan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida qarzdor Q.B. Toshkent shahridan olib kelinib, bo‘lim davlat ijrochisi N.Bekmetov tomonidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shovot tumani sudiga yuborilgan.
Sudning 03.08.2026-yildagi qarori bilan qarzdor Q.B.ga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Hamroz Bayonov, O‘zA