Xon Myon Bo: Biz g‘alaba qozonishimiz mumkin ekanini bilardik
Men bunday natijadan mamnunman, lekin yigitlarning gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin taslim bo‘lmasdan oldinga intilganlari yanada quvonarli bo‘ldi.
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo Chexiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.
"Biz mundialdagi ilk g‘alabamizni qo‘lga kiritdik va bundan juda ham xursandmiz. G‘alaba qozonish oson bo‘lmadi. Men bunday natijadan mamnunman, lekin yigitlarning gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin taslim bo‘lmasdan oldinga intilganlari yanada quvonarli bo‘ldi. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik. Biz g‘alaba qozonishimiz mumkin ekanini bilar edik. Shuning uchun shogirdlarimga kurashni davom ettirishni qayta-qayta ta’kidladim", - dedi koreyslar ustozi.
Janubiy Koreya terma jamoasi ikkinchi turda turnir mezbonlaridan biri Meksikaga qarshi bahs olib boradi.