Xitoylik shifokorlar Xorazmda tibbiy ko‘rik va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda
Xitoy Xalq Respublikasining bir guruh tajribali shifokorlari Xorazm viloyatida bemor bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazishib, operatsiyalarni boshladi.
“Future Smile” O‘zbekiston – Xitoy do‘stlik tibbiyot missiyasi doirasida Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga bir guruh malakali mutaxassislar tashrif buyurdi.

Xayriya loyihasi doirasida xitoylik tajribali ortoped, plastik jarroh va urologlar 7-sentabrdan 15-sentabrga qadar bolalarni bepul ko‘rikdan o‘tkazib, zarur jarrohlik amaliyotlarini bajarishadi.

Hozirgi kunga qadar 61 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 29 nafarida murakkab operatsiyalarni o‘tkazish rejalashtirildi.
A.Shokirov,
O‘zA