Xitoy Vetnam bilan hamkorlikni rivojlantiradi
"Sinxua" axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi Siyosiy byurosi Doimiy kengashi a’zosi, Butunxitoy Xalq vakillari kengashi Milliy qo‘mitasi raisi Van Xunin Pekinda Vetnam Milliy Kengashi raisi Chan Txan Man bilan uchrashgan.
Muloqot davomida ta’kidlanishicha, ikki partiya va ikki davlat oliy rahbarlar yetakchiligida olti asosiy maqsad yo‘lida muvofiq harakatlanib, barcha sohalarda yuqori sifatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni ilgari surish, Xitoy – Vetnam yagona taqdir hamjamiyatini barpo etishga tayyor.
Van Xunin so‘zlariga ko‘ra, XXR hamkor davlat bilan har tomonlama almashinuv va sheriklikni yanada chuqurlashtirish tarafdori.
O‘z navbatida Chan Txan Man Vetnam "yagona Xitoy" tamoyiliga qat’iy amal qilayotganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Xanoy, xususan mamlakat Milliy Kengashi o‘zaro do‘stona aloqalarni faollashtirishga sodiq.
A.Mamatov, O‘zA