Xitoy dunyodagi eng tezkor superkompyuterga ega bo‘ldi
Xitoy dunyodagi eng tezkor superkompyuter reytingida AQSHni ortda qoldirdi.
“Reuters” agentligi xabar qilishicha, Shenjen shahridagi Milliy superkompyuter markazida joylashgan “LineShine” tizimi TOP-500 xalqaro reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, mazkur superkompyuter to‘liq Xitoyda ishlab chiqilgan protsessor asosida yaratilgan. Shu tariqa Xitoy so‘nggi uch yil ichida ilk bor mazkur reytingga o‘z tizimini taqdim etdi.
D.Hakimov, O‘zA