XDPdan Prezidentlikka nomzod ko‘rsatildi
Poytaxtimizda Xalq demokratik partiyasining qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda. Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod va uning Saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi masalalar muhokama etilishi belgilangan.
Delegatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova yuksak ishonch uchun delegatlar va partiyaning ko‘p ming sonli a’zolariga minnatdorlik bildirdi.
Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar muhokama etilmoqda. Qayd etilishicha, dasturda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha maqsad va vazifalar ilgari surilgan.
Maqsuda Vorisovaning ta’kidlashicha, ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish Xalq demokratik partiyasining bosh maqsadi hisoblanadi.
Tadbir davom etmoqda.


Nurillo Nasriyev, O‘zA