Xavfsizlik kafolati haqida o‘ylash kerak...
Rossiya-Ukraina
AQSH hokimiyati xitoylik kompaniyalar Rossiyaga yordam berayaptiki, ular Ukrainaga qarshi qo‘llanilmoqda.
Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Entoni Blinken “CBS” telekanaliga suhbatda aytib o‘tdi.
“Bizda rad etib bo‘lmas ma’lumotlar bor, bizning xavotirimiz o‘rinli. Bu jiddiy muammo yaratishi va munosabatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida Pekinga yetkazganmiz”, dedi Blinken.
“NBC” telekanaliga bergan intervyusida Blinken Qrim masalasida, shuningdek, vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishni AQSH emas, Ukrainaning o‘zi qaror qabul qilishi kerakligini aytgan.
AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild “CNN” telekanaliga bergan intervyusida Vashington Kiyev hukumatiga qiruvchi “F-16” samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha muhokamani davom ettirmoqda.
YeI tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrel Ukrainaga barcha qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berish ishi ustuvor masala ekanini ta’kidladi.
“Kiyevga ko‘p qurol-yarog‘ berilmoqda, o‘q-dori esa ancha kam. Ukraina atrofidagi ziddiyat Yevropaga bevosita daxldor”, dedi u.
Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi raisi Van I “Ukrainada mojaro uzoq davom etmasligi kerak, barcha tomonlar otashkesinni to‘xtatish masalasini chuqur mulohaza qilishlari kerak”, degan.
“Xitoy xalqaro hamjamiyat bilan vaziyatning yanada yomonlashuvining oldini olish va tinchlik uchun kurash olib borishga tayyor”, deb qo‘shimcha qildi u.
Fransiya va Ukraina Prezidentlari Emmanuel Makron va Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildilar. Bu haqda Yelisey saroyiga tayanib, “BFM” telekanali ma’lum qildi.
“Kiyev Germaniya, Fransiya va Italiyadan mamlakatni tiklash uchun investitsiyalar kutadi”, deb bayonot berdi Zelenskiy “Corriere della Sera” gazetasiga bergan suhbatida.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning taxminiga ko‘ra, "bir necha hafta Ukraina uchun hal qiluvchi davr bo‘ladi”. Bu haqda “Bloomberg” agentligi ma’lum qildi.
Polsha Prezidenti Andjey Dudaning fikricha, ziddiyat nihoyasiga yetgach, NATO Ukrainaga xavfsizlik kafolatini berishi kerak. “Financial Times” gazetasiga bergan intervyuda “Shimoliy Alyans “Ukraina biz sen bilan birgamiz” deyishi lozim, degan.
“Ukraina NATOga kirmasidan avval undan ma’lum ma’noda xavfsizlik kafolatini olishi kerak”.
Slovakiya Qurolli kuchlari tarkibidan chiqarilgan qiruvchi “MiG-29” o‘choqlarini Ukrainaga berishdan oldin Milliy kengash (parlament)da muhokamadan o‘tkazishi kerak, degan mamlakatning mudofaa vaziri Yaroslav Nad “TA3” telekanaliga.
Niderlandiya hukumati tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qarshi yuzlab kishilar Amsterdamda namoyishga chiqishdi.
“Qurol yetkazib berish ko‘plab rus va ukrainlarning qurbon bo‘lishiga olib keladi. Qolaversa, mazkur ziddiyatning ta’siri Niderlandiya, Yevropaga yetib kelishi ehtimoli katta. Biz uchinchi jahon urushini istamaymiz”, deyishdi namoyishchilar.
Abror XON, O‘zA