Xarid cheki — nazorat va huquqiy himoya kafolati
FOTOREPORTAJ
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida soliq organlari tashabbusi bilan aholi o‘rtasida savdo madaniyatini yuksaltirish, iste’molchilarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida “Xarid chekini olishni unutmang!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida yoshlar, soliq organlari xodimlari va mahalla faollaridan iborat targ‘ibot guruhlari tomonidan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishning ahamiyati, uning iste’molchi huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni, shuningdek, xarid cheki taqdim etilmagan holatlarda amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va choralar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
[gallery-29986]
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan xarid cheklari orasidan maxsus tanlov asosida omadli chek sohiblari aniqlandi. Ularga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, xarid chekini olish iste’molchi huquqlarini ta’minlash, naqd pul aylanmasi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va shaffof iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA