Xames Rodriges jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin
Rodriges faoliyati davomida "Monako", "Real Madrid", "Bavariya" kabi grand klublarda to‘p tepgan.
Kolumbiya milliy terma jamoasi va AQShning "Minnesota" klubi xavbegi Xames Rodriges mundialdan keyin butsilarini mixga ilishi mumkin.
"Real Madrid" sobiq yulduzi uchun joriy yildagi mundial so‘nggisi bo‘ladi. 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati to‘purari joriy yildagi mundialdan so‘ng butsilarini mixga ilishi mumkin. Bu haqida AS Colombia xabar bermoqda. Ayni vaqtda Xames Kolumbiya terma jamoasi sardori hisoblanadi. Futbolchi iyul oyida 35 yoshni qarshi oladi. Rodriges faoliyati davomida "Monako", "Real Madrid", "Bavariya" kabi grand klublarda to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya, Kongo DR hamda O‘zbekistonga qarshi bahslarda ishtirok etadi.