Xalqaro videokonferensiya davom etyapti
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish muammolariga oid boʻlib oʻtayotgan xalqaro onlayn-seminarni Koreya isteʼmolchilar agentligi rahbari Xi Suk Li xonim ochib berdi.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish muammolariga oid boʻlib oʻtayotgan xalqaro onlayn-seminarni Koreya isteʼmolchilar agentligi rahbari Xi Suk Li xonim ochib berdi. Kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri – pandemiya davrida isteʼmolchilar huquqlari bilan bogʻliq holatlarda qanday ish koʻrish boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani ommalashtirish masalasi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Mavzu boʻyicha maʼruzachilar va munozarada qatnashgan ekspertlar dunyo boʻylab koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan yuzaga kelgan murakkab vaziyatda aholining ehtiyojmand qatlami – mehnat muhojirlari, talabalar, kam taʼminlanganlar va boshqa ayrim toifalar huquqini taʼminlash borasida oʻz davlatlarida koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berishdi. Ayni masalada diqqatga sazovor jihatlar, samarali usullar boʻyicha muntazam ravishda fikr, tajriba almashish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Ayni daqiqalarda “Isteʼmolchilarning transchegaraviy shikoyatlari trendi – tamoyili boʻyicha taqdimotlar” mavzusidagi shoʻba yigʻilishi boʻlib oʻtyapti. Mavzu boʻyicha Koreya isteʼmolchilar agentligi, Yaponiya Milliy isteʼmolchilar ishlari markazi, Makao isteʼmolchilar kengashi va Singapur isteʼmolchilar uyushmasi rahbarlarining maʼruzasi tinglandi. Munozaralar davomida turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarini oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.