Xalqaro va milliy til bilish sertifikatlari
Buxoroda xalqaro va milliy til bilish sertifikatiga ega bo‘lgan xorijiy til fanlari o‘qituvchilari safi kengaymoqda.
Ayni paytda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida 2 ming 980 nafar xorijiy til fanlari o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. Mavjud 530 ta umumta’lim maktabining 491 tasida ingliz tili fani o‘qitiladi. Bu jarayonni 2 ming 524 nafar pedagoglar olib boradi. Xorijiy til pedagoglarining 220 nafari fransuz, 210 nafari nemis tili fani o‘qituvchilari hisoblanadi.

– Xorijiy tillarni o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida viloyatdagi 14 ta umumta’lim maktablari negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat olib bormoqda, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva. – Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan hamkorlikda 14 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda xorijiy tillar bo‘yicha LLL (Language learning lab) erkin muloqot maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Zarif Komilov, O‘zA