Xalqaro raqs festivali davom etmoqda
Ko‘hna Xiva shahridagi “Faravon” mexmonxonasida “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida tashkil etiladigan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlandiki, festivalda dunyoning 30 ta davlatidan 192 nafar qatnashuvchilar tashrif buyurgan.

Festival doirasida o‘tkaziladigan tanlovda 18 davlatdan 160 ishtirokchi qatnashadi. Tanlovni xorijiy davlatlardan kelgan 6 nafar tajribali, professional hakamlar baholab boradi. Ayni damda ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun 11 ta xorijiy davlatdan san’atshunos olimlar kelgan. Xalqaro raqs festivalini yoritib borish uchun xorijiy OAV vakillari ham tashrif buyurgan.

Shuningdek, matbuot anjumanida yettita xalqaro tashkilot va davlatlardan o‘nga yaqin nufuzli mehmonlar kelishi ham ma’lum qilindi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA