Xalqaro ingliz tili olimpiadasi o‘tkaziladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning hududiy bosqichi 2026-yil 23-fevraldan 25-fevralgacha o‘tkaziladi.
Bu bosqich O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirlarining buyruqlari asosida tashkil etilmoqda.
Tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida Junior yosh toifasining ishtirokchilari 7 daqiqalik loyiha taqdimoti va sun’iy intellekt mavzusida 7 daqiqalik sahna ko‘rinishini namoyish etadi. Umumiy baholash 50 ballik tizim asosida amalga oshiriladi.
Senior toifasida esa jamoalar 7 daqiqa loyiha taqdimoti, 7 daqiqa sahna ko‘rinishi va 30 savoldan iborat test sinovini topshiradi. Saralash yakunida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan eng munosib nomzodlar aniqlanadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA