Xalqaro festivalda o‘zbekistonlik hunarmand faxrli o‘rinni egalladi
Qozog‘iston Respublikasining Ust-Kamenogorsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Vekovыye traditsii” nomli xalqaro dekorativ-amaliy san’at va gilamdo‘zlik festivalida o‘zbekistonlik hunarmand Gulnora Choriyeva ishtirok etib, gilamdo‘zlik yo‘nalishi bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur nufuzli festivalda Mongoliya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tatariston hamda boshqa davlatlardan hunarmandlar ishtirok etdi.


Festival yakunlariga ko‘ra, 2 km. 800 metrlik quroq ko‘rpachani taxlash ishlariga boshchilik qilgani uchun Abay viloyati jamoasiga birinchi o‘rin taqdim etildi.
“Hunarmand” uyishmasi ma’lumotiga ko‘ra, Gulnora Choriyevaning ushbu yutug‘i milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, xususan, Shahrisabz gilamdo‘zlik maktabining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.


G.Boboyeva, O‘zA