Xalq va armiya – bir tanu bir jon
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Farg‘ona viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda dastlab yurt himoyachilarining harbiy orkestr sadolari ostida tantanali yurishi bo‘lib o‘tdi. Yangi massivdagi amfiteatr maydonida kechgan tadbirning asosiy qismida harbiy xizmatchilar tomonidan faxriy qorovul va qo‘l jangi chiqishlari namoyish qilindi. Qurol-aslahalar ko‘rgazmasida yoshlar O‘zbekiston armiyasining kuch-qudrati, zamonaviy salohiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
[gallery-21159]
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyilining mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadiga qaratilgan festival “Central Aisan Medical University” xalqaro tibbiyot universitetida davom etdi. Talabalar yurt posbonlarining chiqishlarini qizg‘in olqishlar bilan qarshi olishdi.
Shuningdek, Buvayda tumanidagi qator maktablarda ham ayni mazmundagi tadbirlar o‘quvchi-yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA