Xalq dardi bilan yashayotgan deputatlar
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarni yanada ravnaq toptirish, xalqimizni rozi etish masalasi asosiy o‘rin tutadi.
Ma’lumki, yaqinda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining «Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlarini o‘zlari saylagan okruglarida fuqarolar qabullarini o‘tkazish hamda fuqarolarni ko‘p yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlangan edi.
Ushbu qaror asosida deputatlar belgilangan hududlarda aholi bilan bevosita uchrashuvlar tashkil etib, xalq dardini tingladi. Shunday hal etilgan masalalar qatoriga xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov amalga oshirgan ishlarni misol sifatida keltirish mumkin.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek tuman «Nur» mahallasidagi anchadan buyon qarovsiz qolgan istirohat bog‘ini qayta obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qildi. E’tirof etish kerakki, olib borilgan ishlarda istirohat bog‘iga «Zamin» fondi tomonidan 50 tup mevali ko‘chatlar ekildi.
Deputat bog‘ni qaytadan obod qilishda Mirzo Ulug‘bek tuman Obodonlashtirish, ToshshaharNUR, Toshkent favvoralari DUKlar bilan hamkorlikda ish yuritdi. Ayni paytda ushbu bog‘ mahalla aholisi uchun yana o‘zining iliq bag‘rini ochib, ko‘rkam favvoralari bilan atrof-muhit chiroyiga chiroy qo‘shmoqda.
Mehriniso BOBONAZAROVA,
«Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi matbuot kotibi