“Volkswagen” GFRdagi zavodini yopmoqda
“Volkswagen” seshanba kuni Drezdendagi zavodida ishlab chiqarishni to‘xtatadi, bu Germaniyadagi 88 yillik avtomobil ishlab chiqarish tarixida birinchi marta yuz bermoqda, deb yozib chiqdi “Financial Times” nashri.
Ta’kidlanishicha, konsern yopilishi Xitoy va Yevropada savdo hajmining pastligi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardan import tariflari bilan bog‘liq.
“Bernstein” tahlilchisi Stiven Reytmanning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya xarajatlarni kamaytirib, foydani oshirishga harakat qilmoqda. Drezdendagi zavod 2002 yildan beri taxminan 200 mingta avtomobil ishlab chiqargan.
Ma’lumot o‘rnida: “Volkswagen” dunyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi konsernlardan biri hisoblanadi. Uning bosh qarorgohi Volfsburgda joylashgan.
S.Rahimov, O‘zA