Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2025 yil uchun vaqtinchalik respublika kalendar rejasiga muvofiq joriy yilning 1-8 mart kunlari Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 4-TIP majmuasida sportning voleybol turi bo‘yicha “O‘-17” yosh qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 200 dan oshiq sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, Namangan viloyatining voleybolchi qizlari 1-o‘rinni, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan qizlar 2-o‘rini, Jizzax viloyatining sportchi qizlari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri