Vladikavkazda supermarket portladi
Rossiya Federatsiyasiga qarashli Shimoliy Osetiya poytaxti Vladikavkaz shahrida yirik supermarketda portlash sodir bo‘ldi.
Respublika ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, voqea natijasida bino butunlay vayron bo‘lgan.
Mahalliy hukumat favqulodda xodisa “Magnit” savdo markazida yuz berganini ta’kidlamoqda. Hozircha bir kishi jarohat olgani ma’lum.
Guvohlarning aytishicha, portlash payti binoda faqat qorovul bo‘lgan. U ham voqea joyidan qochib chiqishga ulgurgan.
Xodisa sabablari o‘rganilmoqda.