Virtual qimor o‘yinchisining siri fosh bo‘ldi
Xorazm viloyatida fuqarolarni sport o‘yinlariga pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarini tikishga jalb etish holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.M. noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, internet tarmog‘ida asosiy faoliyati tavakkalchilikka asoslangan onlayn platforma orqali fuqarolarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarini sport o‘yinlariga pul tikish yo‘li bilan qo‘lga kiritib, evaziga o‘zi va farzandlari nomiga 4 ta turar-joy va 3 ta avtotransport vositasini rasmiylashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA