VI Xalqaro "Pahlavon Mahmud - StrongmenGames" Bahodirlar o‘yinlariga start berildi
Xiva shahrida VI Pahlavon Mahmud Xalqaro Bahodirlar o‘yinlarining musobaqalari ko‘tarinki ruhda boshlandi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Saidov ishtirok etib, musobaqalarni rasman ochib berdi va nufuzli musobaqa ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Musobaqaning birinchi "Arda Xiva" majmuasida milliy bahodirlik an’analarini aks ettiruvchi “Cho‘girma otish” hamda “Mo‘ynoq langari” shartlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
[gallery-29936]
Ishtirokchilar kuch, matonat va mahorat borasida o‘zaro bahslashib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov(surat), O‘zA