Vens: AQSH Yaqin Sharq siyosatini Isroil manfaatiga bo‘ysundira olmaydi
AQSH vitse-prezidenti Jey-Di Vens mamlakatning Yaqin Sharq bo‘yicha siyosati Isroil manfaatiga bo‘ysundirilmasligi kerakligini ta’kidladi. Ushbu bayonot “All-In Podcast” tomonidan tashkil etilgan konferensiyada yangradi.
– Biz Yaqin Sharqdagi tashqi siyosatimiz Isroilga bo‘ysundirilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, – degan Vens.
Isroil harbiy texnologiya va razvedka ma’lumoti almashish bo‘yicha AQSHning muhim hamkori, biroq Vashington ayrim masalalarda Tel-Aviv bilan kelishmovchilikka duch kelishi mumkin.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Tramp so‘nggi 40 yil ichida Bosh vazir Netanyaxu bilan fikr xilma-xilligiga duch kelinganda, AQSH manfaatini ustuvor qo‘yishda boshqa Prezidentlarga qaraganda ko‘proq tayyorligini namoyish etgan.
– Munosabatni boshqa har qanday jabhada bo‘lgani singari Amerika manfaatiga asoslanib qurish oqilona muhokama yo‘lidir, – deya ta’kidlagan Vens.
S.Rahimov, O‘zA