Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi (+video)
Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1719 nafarga yetdi. Yana 5034 kishi jarohat olgan. Bu haqda mamlakat hokimiyati ma’lum qildi, deb xabar berdi DW nashri
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 15 866 nafar kishi uy-joyidan ayrilgan. Shuningdek, fojiadan besh kun o‘tganiga qaramay, o‘n minglab odamlar bedarak deb hisoblanmoqda.
24-iyun kuni mamlakat poytaxti Karakasning g‘arbida 39 soniya farq bilan magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikki kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Bu Venesuelada so‘nggi 125 yilda kuzatilgan eng kuchli zilzilalar hisoblanadi.
Tabiiy ofatdan keyin o‘nlab takroriy yer silkinishlari qayd etildi. Ko‘plab uylar vayron bo‘ldi, ayniqsa La-Guayra shtati katta zarar ko‘rdi. Bu hududda mamlakatning xalqaro aeroporti va eng yirik dengiz porti joylashgan.
Zilziladan keyin Venesuelada favqulodda holat e’lon qilindi. Sunami haqida ogohlantirish milliy markazi hodisani «seysmik dublet», ya’ni bir hududda bir necha soniya oralig‘ida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lishi holati sifatida baholadi.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/BDaFtt198HM" title="Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov ( video), O‘zA