Venesuelada kutilmaganda harbiy mashqlar boshlandi
Venesuela OPEK aʼzosi boʻlib, dunyodagi eng koʻp neft eksport qiluvchi davlatlarning biri hisoblanadi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro kutilmaganda mamlakatda harbiy mashqlar boshlangani haqida bayonot berdi. Ekspertlar ushbu bayonot xalqaro neft bozorida narxning qulashi hamda uning ketidan fond birjalaridagi keskin tebranishlar boshlanganidan keyin eʼlon qilinganiga eʼtibor qaratishmoqda.
Mamlakatda bu yilgi ilk harbiy mashqlar fevral oyining oʻrtalarida boshlangan edi. Maduro uni Kolumbiya va AQSHdan kirib keluvchi qoʻporuvchi kuchlarning tahdidiga qarshi qoʻqqisdan amalga oshiriladigan antiterrorchilik harakatlariga tayyorgarlik, deb izohlagan edi.
Venesuela OPEK aʼzosi boʻlib, dunyodagi eng koʻp neft eksport qiluvchi davlatlarning biri hisoblanadi.
Oʻtgan dushanba kuni jahon bozorida neft narxi uch barobarga tushib ketdi. Bunga OPEK aʼzolari bilan boshqa neft eksport qiluvchi mamlakatlarning qora oltin qazib olishni qisqartirish boʻyicha bir qarorga kela olmagani sabab boʻldi.
“Tinchligimiz, mustaqilligimiz va chegaralarimiz mustahkamligini oʻylab mashqlarning ikkinchi bosqichini boshlayapmiz”, deya taʼkidladi prezident Maduro.