Velosportchilarimiz Xitoyda bellashmoqda
Xitoyda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha “UCI” xalqaro musobaqasining ikkinchi bosqich poygalari boshlandi.
89,97 kilometr masofadagi bahslarda 74 nafar velosportchi ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi Danil Evdokimov 1:50:15 natija qayd etib, marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. U bu natija bilan “Parij-2024” Olimpiada o‘yinlari reyting ochkosini milliy terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Velopoyga davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan xaftada “Tashkent City Professional Woman Cycling Team” a’zolari - Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Nafosat Qo‘ziyeva va Sofiya Karimova “UCI” xalqaro reyting turnirining 3-bosqichida Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim xalqaro reytingning 152 ochkosini jamoa hisobiga yozib qo‘ygan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA