“Velosiped kuni” aksiyasida hamyurtlarimiz faol ishtirok etdi
FOTOREPORTAJ
Bugun “22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun” sanasi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Velosiped kuni” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 24 sentyabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida velosport bilan shug‘ullanishni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
[gallery-8870]
Poytaxtimizdagi “Ashxobod” istirohat bog‘i hududida start berilgan aksiyada 700 nafardan ziyod professional hamda havaskor velosipedchilar faollik ko‘rsatdi.
Tadbirda ayni kunlarda shahrimizda mehmon bo‘lib turgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga a’zo mamlakatlar Kengashi vakillari ham ishtirok etdi.
Muhammad AMIN (surat),O‘zA