Vatan himoyachilari hasharda ham ibrat bo‘lmoqda (+video)
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Mudofaa vazirligining Surxondaryo viloyatidagi harbiy xizmatchilari faol ishtirok etmoqda.
Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli qo‘mondonlik harbiy xizmatchilari hasharning ilk kunida “Termiz” umumqo‘shin dala o‘quv maydoni hududiga ikki mingdan ortiq turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi. Ayni paytda hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bormoqda.
[gallery-16457]
Qo‘mondonlikning Termiz, Xayrabod, Kakaydi garnizonlari harbiy xizmatchilari ham boqiy bayram munosabati bilan tashkil etilgan umumxalq xayriya xashari doirasida tevarak-atrofni obodonlashtirish, tozalash, ko‘chat o‘tqazish kabi yumushlarni qizg‘in davom ettirmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EQB6O9tduto?si=O_GHMCbq6sXwpsq8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri