Urbanizatsiya – global iqtisodiy rivojlanish garovi
Zamonaviy dunyoda mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti barqarorligini saqlash borgan sari murakkablashib boryapti. Hatto, qudratli davlatlarda ham demografik inqiroz yuzaga kelmoqda.
XXI asr ikkinchi choragiga kelib, inson omili eng qimmat kapitalga aylandi. Qaysi mamlakatda shu resurs yetarli bo‘lsa, shu hudud iqtisodiy jihatdan jadalrivojlanmoqda. Bugun yer yuzi aholisiningsalmoqli qismi shaharlarda yashaydi. Barqaror rivojlanish maqsadlarining 11-bandi “Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari” deya nomlangani ham bejiz emas. Shu tariqa BMT barcha davlatlardan shaharlarga alohida e’tibor qaratishni so‘ramoqda. Ozarboyjonda bo‘lib o‘tgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan Yetakchilar sammitida ham bu masala ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi.
Mazkur anjumanda davlatimiz rabhari ilgari surgan tashabbuslar haqida Toshkent davlat sharqshunoslik universtitetiIqtisodiyot va menejment kafedrasio‘qituvchisi Shohruh Mardonov O‘zAga quyidagilarni so‘zlab berdi:
– Prezidentimiz Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasi Yetakchilar sammitida ishtirok etib, juda muhim va dolzarb masalalar haqida so‘z yuritdi. Xususan, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Bugun dunyoda qariyb 3 milliard inson birlamchi yashash sharoitidan mahrum. Ularning bir milliarddan ziyodi norasmiy turar joy yoki xarobada kun kechirmoqda, 300 milliondan ko‘p odam umuman boshpanaga ega emas. Iqlim o‘zgarishi, tahlikali xalqaro vaziyat va iqtisodiy inqiroz global migratsiyaning yangi to‘lqinini paydo qilib, aholi davlatlar va shaharlar o‘rtasida qayta taqsimlanishiga olib kelmoqda. Oddiy qilib aytganda, urbanizatsiya jarayoni global barqarorlik va xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy omilga aylanmoqda”.
Har bir mamlakat taraqqiyotga erishish uchun urbanizatsiya jarayonini hisobga olishga majbur. Sammit davomida mamlakatimiz rahbari ushbu masalaga ham to‘xtaldi. Qayd etilganidek, shaharlarni barqaror rivojlantirish masalasi Yangi O‘zbekiston uchun ham strategik ahamiyatga ega. Yaqin 15 yil ichida mamlakatimiz aholisi 38 milliondan 50 millionga, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga ko‘tarilishi kutilyapti.
Shu bois O‘zbekistonda oxirgi o‘n yilda qurilgan uy-joy yiliga 10 karrra oshib, 2025-yil 238 000 xonadonga yetdi, 2030-yil bu raqam yana 1,5 barobar ortishi kutilyapti.
Ushbu jarayonni samarali boshqarish maqsadida Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi tashkil etildi. Bundan tashqari “Yashil makon”, “Toza havo” dasturlari doirasida shaharlarda yashillik darajasini 2030 yilgacha 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda mamlakatimiz rahbari yana bir qator takliflar bildirdi. Jumladan, barcha hududlarda aholi uchun teng yashash sharoiti yaratish zarurati kichik va o‘rtacha shaharlar uyg‘un rivojlantirilishini talab qilmoqda. Shu sababli, hamkor davlatlar shaharlarni rivojlantirishda “mutanosib urbanizatsiya” tamoyilini keng joriy etishi lozim. Shahar boshqaruvida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya imkoniyatidan barcha davlatlar teng foydalana olishi lozim. Ayni yo‘nalishda texnologiya, standart va tajribani tizimli almashishga qaratilgan xalqaro “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi” tuzish taklif etildi.
Yoshlar va aholining ehtiyojmand qatlamini sifatli hamda arzon uy-joy bilan ta’minlash juda muhim. Shu maqsadda kelgusi yil Samarqand shahrida uy-joy qurilishiga moliya va investitsiya jalb etishga yangicha yondashuvlar yuzasidan xalqaro forum o‘tkaziladi. Global iqlim o‘zgarishini inobatga olgan holda “yashil shaharlar” barpo etishga doir umumiy tamoyil va standart qabul qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shaharlar tabiat bilan uyg‘un rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida “BMT-Habitat”ning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini ta’sis etish g‘oyasi ilgari surildi. Butunjahon urbanizatsiya forumi15-sessiyasini 2030-yil Yangi Toshkentshahrida o‘tkazishva anjumanningbosh mavzusini“Shaharlar barqarorrivojlanishida mahallainstitutining o‘rni”deb nomlash taklif etildi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqa va butun dunyo miqyosida ulkan ahamiyatga ega g‘oyalardir. Ushbu maqsadva vazifalarningtub mohiyatidaxalq manfaati,aholi farovonligiva mamlakattaraqqiyoti yotadi.
O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova yozib oldi.