Universitetda Navro‘z bayrami keng nishonlandi
FOTOREPORTAJ
Andijon davlat universitetida bahor va yangilanish timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami keng nishonlandi. Milliy an’ana va qadriyatlar mujassam ushbu ayyom oliygoh hududida bayramona muhit yaratdi.
Tadbir doirasida madaniy chiqishlar, xalq o‘yinlari hamda milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etildi. Kuy-qo‘shiq va raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
[gallery-28503]
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi asosida o‘tgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Universitet rahbariyati tomonidan ishtirokchilar samimiy qutlanib, Navro‘zning insoniylik, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi fazilatlarni targ‘ib etishdagi ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda ta’lim sohasini takomillashtirish, uni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr bildirildi.
Milliy urf-odatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar va raqslar bayramning ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qildi.
Tadbir ishtirokchilarga yorqin taassurotlar bag‘ishlab, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamladi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA