Universitet yozgi oromgohida ko‘chatlar ekildi
Andijon davlat universitetining Xo‘jaobod tumanida joylashgan yozgi oromgohida ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekish, yashil hududlar tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
– Ona tabiat va ekologik musaffolikni saqlash, yashil hududlar barpo etish, bog‘lar yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi, – deydi Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev. – “Yashil makon” umummilliy loyihasi esa ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
[gallery-14326]
Jumladan, universitetning Xo‘jaobod tumani Karnaychi mahallasidagi yozgi sport va sog‘lomlashtirish oromgohini obodonlashtirish, daraxt hamda gul ko‘chatlari o‘tqazish bo‘yicha tashkil etilgan aksiyada universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi.
Aksiya doirasida yozgi oromgoh hududiga ikki ming tupdan ziyod mevali, manzarali daraxt va gul ko‘chati o‘tqazildi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari