Umumiy mulk sud orqali bo‘lindi
Turmushidan ajrashgan ayol voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘idan aliment undirish uchun sudga ariza bilan murojaat qilgan.
Shuningdek, ayol birgalikdagi turmushi davomida orttirilgan umumiy mol-mulkni bo‘lish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.
Mazkur sudning 2024 yil 26 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan sobiq er-xotin o‘rtasidagi umumiy mol-mulk hisoblangan. F.Shodiyev nomida bo‘lgan 2014 yilda ishlab chiqilgan “MERCEDES BENS” rusumli avtotransport vositasi va 2015 yilda ishlab chiqilgan “KRONE CD” rusumli yarim tirkama transport vositasini F.Shodiyev egaligida qoldirilib, qarzdor F.Shodiyevdan undiruvchi Sh.Shokirova foydasiga 227.512.557 so‘m undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida sud hujjatida belgilangan qarzdor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ undiruvchi foydasiga to‘liq undirib berilgan.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri