Ulug‘bek Qosimov ovoz berdi (+video)
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tayotgan saylovlar ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Yangi ufqlarga yo‘l ochadigan muhim siyosiy kampaniyani yuqori saviyada tashkil etish uchun saylov qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq saylov organlarining yangi tizimi yaratildi. Shunga asosan vohada viloyat hududiy saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari tuzildi. Fuqarolarning siyosiy partiyalar nomzodlariga ovoz berishi uchun 865 ta uchastka saylov komissiyasi shakllantirilib, Saylov kodeksi asosida barcha sharoit yaratildi.
Termiz shahridagi 260-saylov uchastkasi muhtasham yoshlar markazi binosida joylashgan. Bu yerda Shodlik mahallasida yashaydigan 2 ming 880 saylovchi ovoz beradi. Ayni paytda ular saylov uchastkasiga kelib, o‘z istak-irodasini emin-erkin ifoda etmoqda.
[gallery-20019]
Viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov ham birinchilar qatorida mazkur saylov uchastkasida eng munosib nomzodlar uchun ovoz berdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/m134CxhiVvY" title="Ulugʻbek Qosimov ovoz berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri