Ukraina Prezidentining matbuot kotibi tasdiqlandi
Ukraina Prezidenti Zelenskiyning matbuot kotibligiga o‘tgan tanlovda jurnalist Yuliya Mendel g‘olib bo‘lgani tasdiqlandi.
Ukraina Prezidenti Zelenskiyning matbuot kotibligiga o‘tgan tanlovda jurnalist Yuliya Mendel g‘olib bo‘lgani tasdiqlandi. Uning lavozimga tayinlanishiga doir farmon chiqadi, deyiladi Prezident jamoasining Facebookdagi sahifasida.
Mendel Kievda jurnalistikadan oliy ma’lumot olgan, AQShda sohaga oid malaka oshirib qator axborot manbalarida ishlagan. Bir necha yil The New York Times bilan hamkorlik qilgan, Ukrainaning Forbes va Amerikaning Politico nashrlariga qatnashgan.