UEFA Janni Infantinoga qarshi keskinroq choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda
FIFA rahbari jahon chempionatlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz tashabbusi ortidan bosim ostida qolmoqda.
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan qo‘shimcha choralar tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist Romen Molina xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, UEFA a’zolari 5–27-sentabr kunlari Polshada o‘tkaziladigan U20 ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini boykot qilish fikridan voz kechgan. Biroq Infantinoning o‘ziga qarshi «yanada qat’iy harakatlar» rejalashtirilmoqda.
FIFA rahbari jahon chempionatlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz tashabbusi ortidan bosim ostida qolmoqda. Ushbu rejani UEFA, KONKAKAF va OFK qo‘llab-quvvatlamagan.
FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylov 2027-yil mart oyida Marokashda bo‘lib o‘tadi.