Uchqo‘rg‘onda g‘alla o‘rimi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 2026-yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga start berildi. Dastlabki o‘rim ishlari “Ijodkor tex servis” MMTP hududidagi “Qayqi hamkor servis” fermer xo‘jaligi maydonlarida boshlandi.
[gallery-29829]
Joriy yilda tuman hududidagi 6 ming 950 gektar maydonda yetishtirilgan boshoqli don hosilini qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish maqsadida 31 ta g‘alla o‘rim otryadi shakllantirildi. Ularga 31 ta zamonaviy kombayn hamda 160 ta don tashuvchi avtotransport vositasi biriktirilgan.
Mutasaddilar tomonidan o‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, texnikalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash va hosilni sifatli yig‘ib olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ta’kidlanganidek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda g‘allachilik muhim ahamiyat kasb etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA