Uchastkada barcha sharoitlar yaratilgan
Buxoro shahri Jo‘bor mahallasidagi 34-saylov uchastkasida ovoz beruvchi saylovchilar soni 2919 nafar bo‘lib, ularning 207 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi.
Saylov uchastkasida har bir ovoz beruvchiga qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim hamda komissiya a’zolari nogironligi bor shaxslarga o‘z fuqarolik huquqidan erkin foydalanishiga ko‘mak bermoqda.

– Bugungi saylovda fuqarolik huquqimdan foydalanib, ovoz berishga keldim, – deydi O‘g‘iloy Qaraqulova. – Uchastkada yaratilgan sharoitlar, ayniqsa, brayl alifbosidagi byulletenlar erkin ovoz berishimizga imkon berdi.


Qizg‘in jarayon davomida saylov uchastkasiga kelolmaydigan, yotoqda bo‘lgan nogironligi bor shaxslarning xonadonlariga komissiya a’zolari tashrif buyurmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri