"Uç avlod uçraşuvi"
Sud tizimidagi islohotlar, qonun ustuvorligi va odil sudlov tamoyillari inson omili bilan çambarças boğliq. Jizzax şahrida sud faxriysi Mitanboy Ravşanovning 80 yilligi munosabati bilan ötkazilgan uç avlod uçraşuvi ana şu haqiqatni yana bir bor namoyon etdi.
Jamiyat taraqqiyoti, avvalo, qonunga hurmat va adolatga işonç mustahkamligi bilan belgilanadi. Bu işonçni qaror toptirişda sud tizimi vakillarining bilim-salohiyati, halolligi hamda fidoyiligi muhim örin tutadi. Şu bois, butun umrini odil sudlov xizmatiga bağişlagan insonlarning hayot yöli alohida eʼtirofga munosib. Jizzax viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” sud faxriysi Mitanboy Ravşanovning tavallud ayyomiga bağişlandi.
Tadbirda Özbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev hamda Oliy sud raisi örinbosari Akram Şukurov iştirok etdi. Şuningdek, soha faxriylari, sudyalar, sud xodimlari va Jizzax yuridik texnikumi öquvçilari iştirok etdi.
Jizzax viloyat sudi raisi Ğiyosiddin Yalgaşev uçraşuvni oçar ekan, yubilyarning tizim rivojiga qöşgan hissasiga alohida töxtaldi. Uning taʼkidlaşiça, boy kasbiy tajriba va hayotiy saboqlar yoş avlod uçun muhim maktabdir. Şundan söng, Mitanboy Ravşanovning hayoti va faoliyati aks etgan hujjatli videolavha namoyiş qilindi.
Sudyalik şunçaki kasb emas, balki inson taqdiri, jamiyat işonçi va qonun ustuvorligi bilan boğliq yuksak masʼuliyatdir. Bu masʼuliyat har bir qarorda xolislikni, har bir munosabatda qonuniylikni talab etadi. Ana şu mezonlarga sodiq qoliş esa katta hayotiy tajriba va mustahkam eʼtiqodni taqozo qiladi.
[gallery-32300]
Mitanboy Ravşanovning köp yillik faoliyati haqidagi samimiy fikrlar aynan şu jihatlarga qaratildi. Uning sud-huquq tizimidagi xizmatlari munosib baholanib, yubiley munosabati bilan “Benuqson xizmati uçun” kökrak nişoni topşirildi. Bu eʼtirof nafaqat faxriyning mehnatlariga, balki sudyalik kasbining şaʼni va masʼuliyatiga körsatilgan hurmat ifodasi böldi.
Tadbirda söz olganlar uning qonuniylikni mustahkamlaş, malakali kadrlar tayyorlaş va şogirdlar tarbiyasidagi xizmatlarini alohida qayd etdi. Zero, sud tizimining salohiyati faqat bugungi natijalar bilan emas, ertangi avlodga qoldirilayotgan tajriba bilan ham belgilanadi. Yubilyarga ezgu tilaklar bildirilib, esdalik sovğalari topşirildi.
Uç avlod muloqotining eng taʼsirçan lahzalari yoşlar va ustoz örtasidagi samimiy suhbatda namoyon böldi. Jizzax yuridik texnikumi öquvçilari hamda Mitanboy Ravşanovning nabirasi sözga çiqib, uning hayot yöli yoşlar uçun ibrat ekanini taʼkidladi.
Öz navbatida, yubilyar yoşlarga murojaat qilib, uzoq yillik mehnat faoliyati davomida töplagan tajribasi bilan örtoqlaşdi. Uning nasihatlari kasbga sadoqat, halol mehnat va adolatparvarlik kabi fazilatlarning ahamiyatini yana bir bor uqtirdi.
Mahalliy sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar uçraşuvga özgaça şukuh bağişladi. Tadbir yakunida soha faxriylari va faol yoşlarga ham esdalik sovğalari topşirildi.
Bugun mamlakatimizda sud-huquq sohasini takomillaştiriş, odil sudlovni taʼminlaş va fuqarolarning huquqlarini işonçli himoya qiliş ustuvor vazifalardan sanaladi. Bu yölda yillar davomida töplangan tajriba, ustozlar saboği va şogirdlar masʼuliyati özaro uyğunlaşişi muhim.
Mitanboy Ravşanovning sakson yillik umri ana şu qadriyatlar bilan yöğrilgan. Uning hayot yöli bir haqiqatni anglatadi: insonning eng katta boyligi el işonçi, eng munosib mukofoti esa özi tarbiyalagan munosib izdoşlaridir.
Abdujalol Qayumov, Jamşid Yorbekov (surat),
ÖzA muxbirlari