U endi uyda oʻtiradi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirus yuqtirib olganini eʼlon qildi.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirus yuqtirib olganini eʼlon qildi. Bundan buyon 55 yoshli bu siyosatchi hukumatga rahbarlik faoliyatini izolyatsiyadan turib, yaʼni jamoatchilikdan xoli – masofadan videokonferensiya shaklida olib boradi.
“Soʻnggi 24 soat ichida menda kasallikning yengil belgilari rivojlandi va koronavirusni tekshirish jarayoni musbat natija berdi“, – deb yozgan Jonson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Jonson jamoatchilikka qarata bu ishda, yaʼni “ushbu virusga qarshi kurashda birlashish” eng muhim omil ekanini taʼkidladi.