“Turon” teatr tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu yilgi tanlov ko‘lami bilan ajralib turadi. Unda 14 ta teatr jamoasi turli viloyatlardan respublika bosqichida ishtirok etish uchun jamlangan. 5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr-studiyasi jamoalari ham o‘z mahoratini namoyish etayapti.



Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
N.Usmonova,
O‘zA