Turkmaniston va Xitoy "Galkinish" gaz konida yangi loyihani ishga tushirdi
Turkmaniston va Xitoy Qoraqum cho‘lida joylashgan dunyodagi eng yirik gaz konlaridan biri hisoblanmish "Galkinish" konida yangi rivojlanish bosqichini boshladi.
Ta’kidlanishicha, loyiha Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Rejalashtirilgan loyihaning ochilish marosimida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Din Syuesyan ishtirok etgan.
Britaniyaning “GaffneyCline” tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2013-yildan beri ishlayotgan “Galkinish” koni dunyodagi ikkinchi eng yirik tabiiy gaz koni hisoblanadi.
S.Rahimov, O‘zA