Turkmaniston Dengizga chiqa olmaydigan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga rais etib saylandi
Turkmaniston 2027–2028-yillar uchun Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga (LLDCs) rais, Ozarbayjon esa rais o‘rinbosari etib saylandi.
Мазкур қарор Нью-Йоркда бўлиб ўтган БМТдаги доимий вакиллар йиғилишида қабул қилинди. Лаос, Бурунди, Чад, Руанда ва Парагвай ҳам минтақавий гуруҳларни ифодаловчи Бошқарув бюросига сайланди.
Raislik Turkmanistonga ikki yil davomida, jumladan, energetika va transport aloqalari kabi ustuvor sohalarda dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan 32 ta rivojlanayotgan mamlakat manfaatlarini ifodalovchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Boshqaruv byurosining tarkibi BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadigan vazirlar yig‘ilishining yakuniy deklaratsiyasi bilan tasdiqlanadi.
S.Rahimov, O‘zA